Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-29
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Jahon banki koʻmagida “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyiha doirasida “Aholini tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish” komponenti bilan nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Respublika hududlarida amalga oshirish maqsadida “Sabr Mikrokredit tashkiloti” MCHJ bilan hamkorlik qilish belgilangan.
🗓Loyiha doirasida ijtimoiy muhtojlar va ishsiz boʻlgan aholi vakillari, shu jumladan “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlik asoslari, moliyaviy va huquqiy savodxonlik, soliq va buxgalteriya hisobi kabi mavzularda treninglar orqali Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatilmoqda.
⏳Treninglar davom etmoqda......