Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🖋21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni

error

2024-10-21

 1989-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qoʻyilgan dastlabki qadami boʻldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tili” ekanligi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi ham belgilab qoʻyilgan.

🖌Shu sana munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli yozuvchi va shoirlar - G'ulom Abdiyev, Shohida Jo'rayeva va Erboy Qulmanov tashrif buyurdi.

Tadbirda ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning insoniy burchi ekanligi ta'kidlandi. Qizgʻin va samimiy suhbat goʻzal mushoiralarga ulandi.