Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Kasbi tumanida "Press-tur" tashkil etildi

error

2024-10-18

Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda “Indorama agro" XK MCHJ xorijiy korxonasi bilan hamkorlikda «Paxta dalalarida terimchilarga yaratilgan munosib mehnat sharoitlari» mavzusida press-tur o‘tkazildi.

Unda Kasbi tumanidagi «Indorama» MCHJ xorijiy korxonasining paxtani qayta ishlash zavodi va laboratoriyalarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qay darajada tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi. Press-turda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan jurnalist hamda blogerlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan paxta dalalarida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.