Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY_MUNOSABAT

error

2024-10-16

Ijtimoiy tarmoqlarda Koʻkdala tumanida maktab oʻqituvchilari shanba kunlari paxta terimiga jalb qilingani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasida Koʻkdala tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va tarbiyachilarni paxta terimiga chiqishga majburlash holati yuzasidan yetarli asoslar mavjud emasligi aniqlandi.

Kelgusida ushbu holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan Koʻkdala tuman hokimligiga yozma koʻrsatma berildi.