Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📚“Ma’rifat ulashib”

error

2024-10-14

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtdi.  

Qarshi davlat universiteti va Koson tumanidagi bir qator maktablarida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvlarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli yozuvchi-shoirlar - Abduqayum Yoʻldoshev, Faxriddin Hayit va Muhammad Siddiq Rahmatov tashrif buyurdi.

Tadbirda yoshlarga zamonaviy bilimlarni egallash, oʻzlikni anglash, maʼnaviy kamolotga yetish borasida hayotiy saboqlar berildi. Qizgʻin va samimiy suhbat goʻzal mushoiralarga ulandi. 

Talaba-yoshlar mazkur muloqotlardan koʻtarinki kayfiyat va ragʻbat olishdi.