Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-13
Mamlakatimizda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni o‘z vaqtida hal etish masalasi har bir mutasaddiga katta mas’uliyat yuklaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat davlat dasturi to’g’risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoniga muvofiq, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i F.Muxammadiyev yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi. Mavjud kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflarni tingladi. Mazkur tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berdi.