Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-26
Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyatiga doir ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga toʻliq va xatosiz kiritilishi boʻyicha Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida oʻquv-seminar tashkil etildi.
➡️ Oʻquv-seminarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Kadirov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali bosh inspektori N.Pirnazarov, yetakchi inspektor I.Sultonov, monomarkaz direktori Z.Sadullayevalar ishtirok etishdi.
➡️ Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlari, tuman (shahar) hokimliklari tashkiliy-kadrlar boʻlimlari boshliqlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4502-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi 971-sonli Qarori bilan joriy etilgan “Yagona milliy mehnat tizimi “ idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT IDAK) maqsadi va mohiyati boʻyicha tushintirishlar berildi.