Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

❗️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ogohlantiradi

error

2024-10-07

🔴Ish beruvchilar o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi shart!

 “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida, shuningdek, Mehnat kodeksining 25-moddasida ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati ko‘rsatilgan.

Nima uchun majburiy sug‘urta talab qilinadi?

Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lib qolsa, kasb kasalligiga chalinsa yoki shunga o‘xshash holatlar kuzatilsa, xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar sug‘urta polisi orqali qoplanadi.

▪️Sug‘urta qilmaslik - ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 49²-moddasiga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, ya’ni hozirgi kunda 5 625 000 so‘mgacha, bir yil davomida takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ya’ni 11 250 000 so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinmaganligi ersp.e-osgo.uz orqali aniqlangan taqdirda, ma’muriy jarima qo‘llaniladi.