Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Monomarkazda "Ish beruvchi" tashkilot bilan uchrashuv tashkil etildi.

error

2022-08-25

Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda “Hududgazta’minot Qashqadaryo viloyat” filiali ishtirokida Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Payvandlovchi” sohasida tahsil olgan hamda ushbu soha bo‘yicha ish qidirayotgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Amirov, “Hududgaz ta’minot” AJ direksiyasi muhandisi J.To‘xtamurodov, “Hududgaz ta’minot Qashqadaryo viloyat” filiali bo‘lim boshlig‘i  L.Mixliyev, Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Z.Sadullayevalar ishtirok etishdi.
Yil boshidan buyon ishlash istagini bildirgan 130 dan ortiq “Payvandlovchi” sohasida tahsil olgan hamda ish qidirayotgan  fuqarolarni “Payvandlovchi” kasbi bo‘yicha ishga qabul qilingan bo'lsa, uchrashuvdan keyin 22 nafar fuqarolar bilan mehnat shartnomalari tuzish bo'yicha kelishib olindi.
Bugungi kunda viloyat miqyosida “Payvandlovchi” sohasida tahsil olayotgan tinglovchilarni ishga joylashtirish jarayonlari davom etmoqda.