Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

⚡️ Bugundan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

error

2024-09-28

✍️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida fuqarolar arizalarni 23-sentabr kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natishlari mumkin.

📁 Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.

➡️ Ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori quyidagicha bo‘lishi zarur:

🔄 Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2,83 mln — 8,4 mln so‘m);

🔄 Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2,83 mln so‘m — 9,66 mln so‘m).

Mazkur talabga toʻgʻri kelmagan fuqarolarning subsidiya uchun arizasi darhol rad etiladi. Bu subsidiyaga muxtoj qatlamni maqsadli aniqlash uchun muhim. 

Kimlarda subsidiya olish ehtimoli katta? 

Ijtimoiy himoya muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslar, yosh oilalar va oʻz nomida uy mavjud boʻlmaganlar subsidiya olishda ustunlikka ega boʻladi. 

Ariza beruvchi bir qancha koʻrsatkichlar asosida umumiy 50 balldan kamida 30 ball oladigan boʻlsa, subsidiya olishi mumkin.  

Subsidiya berish yana qay holatda rad etiladi?

taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;

ilgari imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda subsidiya olganlar (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) takroriy murojaat etganda;

joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda. 

Qancha kredit beriladi? 

Oʻzbekistonliklarga subsidiya asosida ipoteka krediti Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln soʻmgacha beriladi. 

Bunda boshlangʻich toʻlov 15 foiz, kreditning foiz stavkasi esa yillik 17,5 foiz boʻladi. Agarda siz sotib olmoqchi boʻlgan uy ushbu miqdordan oshib ketsa, bank oʻz mablagʻlaridan bozor shartlarida (26 foiz atrofida) qarz ajratishi mumkin. 

Subsidiya uchun arizalar 19 ish kunida koʻrib chiqiladi. Ariza beruvchilar soni koʻp boʻlganda, kim avvalroq ariza bergan boʻlsa, shunga birinchi subsidiya ajratiladi. 

Shunday ekan, my.gov.uz (https://my.gov.uz/) portaliga kirib, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” (https://my.gov.uz/oz/service/325) xizmati orqali darhol ariza topshiring!