Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yigʼim-terimi qizgʼin pallaga kirdi.

error

2024-09-24

Mavsum davomida terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yoʼl qoʼymaslik borasida Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, oʼrganishlar olib borilyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tugʼilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh boʼlsangiz Davlat mehnat inspektsiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling.

Eslab oʼtamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonunning 19-moddasiga (https://lex.uz/docs/-3336169#-3336478) muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga koʼra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.