Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-22
Viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi rahbar va mas'ul xodimlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 8 avgust kunida qabul qilingan ''DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO'G'RISIDA''gi qonuni hamda Mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish sohasini tartibga solishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi, YAMMT va milliy vakansiyalar bazasiga oid ish yurituvlarni mazmun - mohiyatini yoritishga qaratilgan seminar joriy yilning 19 - avgust kuni Qarshi shahar 1- son BMSMda bo'lib o'tdi.
Ushbu seminarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari o'rinbosari— Yoqubov To'ychi Abdurahmonovich qarorning mazmun - mohiyatiga qaratilgan kirish so'zi bilan ochib berdi.
Ushbu seminarda Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Abdulaziz Mamatov hamda Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Isoq To'rayev Latipovich ishtirok etdi.
Tadbir so'ngida malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o'tgan tuman va shahar madaniyat markazlari mudirlariga malaka oshirish haqidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.