Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qamashi tumanining "Ravot" mahallasida uzoq yillar davomida uzum yetishtirish boʻyicha viloyatda yetakchi oʻrinlarni egallab kelgan

error

2024-09-22

Oxirgi yillarda ekologik muammolarning yuzaga kelishi natijasida uzumchilik yoʻnalishi birmuncha orqada qolib ketishiga sabab boʻlgan.

Shu boisdan mahalladagi aholi tomorqasining 80 gektaridagi uzum navlarni yaxshilash, eksportbop navlarni olib kirish, sifatli uzum navlarini yetishtirishda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani tajribasidan foydalanib, 30 nafar ishsiz fuqarolar Oltariq tumanida yangi uzum koʻchatlarini yetishtirish va unga ishlov berish saqlash  va qayta ishlash yuzasidan malakalarini oshirib kelishlari uchun jo’natiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi xonadonga yetakchi tadbirkorlar tomonidan novdalar berilib bir yildan keyin 2 ming soʻmdan  qayta sotib olinganda qoʻshimcha har bir sotix yerdan 8 mlngacha daromad topish imkoniyati yaratiladi.

Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik  bosh boshqarmasi boshlig'i Faxriddin Muxammadiyev ishtirokida Qamashi tumani Ravot MFY da yashovchi lider tadbirkor Qo’chqor bobo Ko’chimov bilan uchrashuv o’tkazildi. Tadbirkorning uzumchilik yer maydoni 0.80 sotix, jami ekilgan uzum ko’chatlari 600 tupni tashkil etib, yiliga tadbirkor tomonidan 30 tonna hosil yig’ib olinishi evaziga, 400 mln so’mgacha daromadga ega bo’lmoqda. Uchrashuvda mahalladagi ishsiz yoshlar lider tadbirkorga biriktirilib, uzumchilik yo’nalishi bo’yicha kooperatsiya usulida ishlarni tashkil etish belgilab olindi.