Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KITOB TUMANIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT BOZORI YARMARKASI O‘TKAZILDI.

error

2022-08-22

Kuni kecha Kitob tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamkorligida ishsiz yoshlar, aholining ish bilan band bo‘lmagan ishsiz qatlami vakillarini bandligini ta’minlash maqsadida, Kitob tuman Xalq ta’limi binosi oldida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat bozori” yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkada Kitob tuman hokimi U. Pardayev, tuman prokurori S.Temirov hamda sektor  rahbarlari  ishtirok  etishdi.

 Unda 98 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 310 ta bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tashrif buyurishdi.

Mazkur yarmarkada 265 nafar fuqarolar qatnashishdi, ularning 150 nafari yoshlarni, 195 nafari ayollarni hamda 8 nafari ogʻir turmush sharoitidagi  ayollarni tashkil etdi.

Yarmarkada qatnashgan fuqarolarning 6 nafari mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo’llanma oldi.

Yo‘llanma berilganlarning 5 nafari yoshlar, 5 nafarini xotin-qizlarni tashkil etdi.

Shuningdek, 183 nafar fuqarolarga turli xil tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham huquqiy maslahatlar berildi.