Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘TKAZILDI.

error

2022-08-19

Yakkabog‘ tumanida ishsiz yoshlar va qurolli kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan fuqarolar, aholining ish bilan band bo‘lmagan ishsiz qatlami vakillarini bandligini ta’minlash maqsadida, "Yangiobod" MFY hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat” yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda 162 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 362 ta bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tashrif buyurishdi.


Mazkur yarmarkada 182 nafar fuqarolar qatnashishdi, ularning 122 nafari yoshlar, 60 nafarini esa xotin-qizlarni tashkil etdi.

Yarmarkaga qatnashgan fuqarolarning 62 nafari mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashgan bo‘lishsa, 24 nafar fuqaroga esa kasb-hunar maktablariga ABKM tomonidan yo‘llanmalar berildi.

Yo‘llanma berilganlarning 47 nafari yoshlar, 39 nafarini xotin-qizlarni tashkil etdi.

Shuningdek, 29 nafar fuqarolarga turli xil tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham huquqiy maslahatlar berildi.