Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-26
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Temirxoʻja hududidagi ishchilarni “Nurafshon” mahallasi Gʻazna koʻchasidagi paxta dalasida chopiq, yagana qilishga jalb etgan fermer, ularning 15 million soʻmga yaqin ish haqini toʻlab bermayotgani aytilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida holat yuzasidan qonuniy to'xtamga kelish uchun to'plangan hujjatlar Koson tuman IIB ga yuborildi. Holat yakuni yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing