Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-22
Shahrisabz tumanida yangi loyihaning ishga tushishi natijasida 1 000 nafar doimiy ish o’rinlari yaratiladi
Agroturizmni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida “Uloch” MFYdagi lalmi maydonlarda 500 gektar yer o‘zlashtirilib, bog‘ va uzumzorlar tashkil etish boshlandi.
U yerda 1000 tonnalik sovutkich, mehmonxona, restoranlar va chorva kompleksi qurilmoqda.
Ushbu loyihaga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning 700 ming yevro granti va viloyat hokimligi byudjetidan 4,8 milliard so‘m mablag‘lar ajratildi. Respublika tovar xom-ashyo birjasi tomonidan bog‘ barpo qilish ishlariga
50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Hozirgacha sohada yuqori tajribaga ega bo‘lgan Farg‘ona viloyati bog‘bonlari jalb qilinib, jami 120 gektar yer maydonida, shundan 60 gektarda eksportbop uzum navlari, 20 gektarida mevali bog‘zor tashkil qilindi. Tashkil qilingan uzumzorlarda beton ustun “shpaler” o‘rnatish ishlari olib borildi va hozirda 13 km quvurlar tortilib, suv chiqarilib, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida 1000 nafar doimiy va 3 000 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. Hududda 7 500 tonna mahsulot yetishtirilib, yiliga 2,5 million dollar eksport qilish imkoniyati yaratiladi.