Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-17
Sayyor qabullarda aholi murojaatlariga yechim topilmoqda
Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Qashqadaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari F.Muxammadiyev boshchiligida Qamashi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi.
💎Sayyor qabulda 130 nafar fuqaro ishtirok etdi.
💎Qabulda 10 nafar fuqaroga doimiy ishga hamda 1 nafar fuqaroga mavsumiy ishlarga yoʻllanma berildi.
💎Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 12 nafar fuqarolarga PQ-55 sonli qaroriga asosan mahallalardagi hokim yordamchilariga imtiyozli kredit mablag'lari ajratilishi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
💎Shuningdek, qabul davomida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra, tikuvchilik oʻquv kurslarini yakunlagan 70 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.
Fuqarolar berilgan uskunalardan maqsadli foydalangan holda oilaviy daromadini yanada yaxshilashlari lozimligini taʼkidlandi.