Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-17
Bugun Kasbi tumanidagi Istirohat bog‘ida "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini, shu orqali ularning doimiy daromad manbalarini ta’minlash maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasi tuman hokimligi hamda tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev boshchiligidagi mas'ullar ham ishtirok etib, bevosita jarayonlarga guvoh bo'lishdi.
Yarmarkada tumandagi 151 ta muassasa va korxonalar o‘zlaridagi mavjud 252 ta bo‘sh o‘rinlari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida bir nechta fuqaroga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi. Shuningdek, 20 nafar xotin-qizlarimizga tikuvchilik faoliyatlarini boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ham berildi.