Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kitob tumanida navbatdagi "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi

error

2024-06-15

Bugun Kitob tumanidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida  "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini, shu orqali ularning doimiy daromad manbalarini  ta’minlash maqsadida "Bo‘sh  ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi. 

Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi mas`ullar ham ishtirok etib, bevosita jarayonlarga guvoh bo`lishdi.

✔️Yarmarkada  tumandagi 80 dan ortiq muassasa va korxonalar o‘zlaridagi mavjud 400 ga yaqin bo‘sh o‘rinlari bilan qatnashdilar.  Tadbir  davomida bir nechta  fuqaroga  ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi, shuningdek, ko‘pgina fuqarolar bilan  bevosita mehnat shartnomasi tuzilishiga erishildi. Shuningdek, 7 nafar xotin-qizlarimiz tikuvchilik faoliyatlarini boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ham berildi. Mudofaa ishlari bo`limi tomonidan 2 nafar yoshlarimiz 1 yillik muddatli. 7 nafari esa shartnoma asosida harbiy xizmatga jalb qilindi.