Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

error

2022-08-17

Bugun “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi”ning Qashqadaryo viloyati filiali, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining majlislar zalida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
                                                                                                                      
Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi,  Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati SSB hamda Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi xodimlari  ishtirok etdilar. 

Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati filiali ma’sul xodimi F.Ochilov tomonidan bugungi kunda davlat xizmatchilarining huquq va erkinliklari ushbu Qonun bilan himoyalanishi, shu bilan bir qatorda, davlat xizmatchilariga yuklanishi nazarda tutilayotgan bir qator majburiyatlar borasida fikr va mulohazalar bildirib o‘tdi. 

Xususan, Yangi O‘zbekistonda davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishida ijobiy burilish davri bo‘lmoqda. "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi ham davlat idoralari xodimlarining xalqimizga sifatli, samarali xizmat ko‘rsatishi borasida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvida kadrlar siyosatini shakllantirishda davlat xizmati muhim o‘rinni egallaydi. Shu sababli, davlat boshqaruvida olib boriladigan islohotlar, birinchi navbatda, davlat xizmatini to‘g‘ri tashkil etish va samarali amalga oshirishni nazarda tutadi.

Davlat organlarining faoliyat sifati darajasi aholining davlat xizmatiga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Davlat nomidan faoliyat olib borayotgan xizmatchiga qarab aholi tomonidan davlat boshqaruvi yoki davlat xizmati tizimiga baho beriladi. Shuning uchun ham davlat organlariga malakali va mas’uliyatli kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirib borish bilan bir qatorda huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladigan "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinganligi bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlanib, mazkur qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi. 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib – Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

Targ‘ibot tadbiri davomida "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunning mazmun-mohiyati xususida batafsil ma’lumot berildi.