Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Germaniyada hunarmandlarga ham talab katta

error

2024-05-23

Germaniyada hunarmandlarga ham talab katta


Vazirlik vakillari tashrifning ikkinchi kunida Germaniya Federal bandlik agentligi rahbari hamda Hunarmandchilik palatasi kengashi rahbari bilan uchrashdi.


Unda bir qator kasblar bo‘yicha Germaniyada xorijiy ishchi kuchiga talab yuqoriligi, nemis tilini biladigan, tajribali mutaxassislar uchun barcha eshiklar ochiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Xususan, uchrashuvda elektrik, mexatronika, metallga ishlov berish, hunarmandchilik sohalarida diplom va kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega fuqarolarimizni O‘zbekistonda nemis tilining B1 darajasigacha bepul o‘qitish loyihasi taklif etildi. O‘quv kurslarini yakunlab imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Germaniyaga ishlash uchun jo‘nab ketishadi.


Shuningdek, viza, avia chipta va Germaniyadagi integratsiya jarayonlari xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplanishi aytib o‘tildi. Ushbu pilot loyiha Germaniya Hunarmandchilik palatasi orqali amalga oshirilib 100 nafar talabgor bilan boshlanadi va uzoq muddatli bandligi taminlanadi.


O‘z navbatida nemis tilini o‘rganish istagida bo‘lgan yosh hunarmandlarga ham bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi va Germaniya tomonidan ularga stipendiya to‘lanadi.


Ushbu loyihani tez orada ishga tushirish uchun Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandchilik palatasi markaziy kengashidan iborat delegatsiya joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.