Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

error

2024-05-09

"Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi 


9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qarshi shahrida joylashgan xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʼyish marosimi boʼlib oʼtdi.


Marosimda Viloyat hokimi va jamoasi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, sektor, viloyat tashkilot hamda korxonalar, muassasalar rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.


Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.


Bugungi tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasi hech qachon unutilmaydi. 


Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!