Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Karyera kuni" — o'z sohangni tanla!

error

2024-04-22

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari institutida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilarini ish joylari bilan ta'minlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 


✅Mehnat yarmarkasida talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazish orqali ularni tanlab olish hamda ish bilan ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda 40 dan ziyod tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. 


✅Mehnat yarmarkasida ish beruvchi tashkilotlar bilan talabalar amaliyotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.


Ma'lumot o'rnida: institutda 393 nafar magistratura va bakalavr bitiruvchilari mavjud.