Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-19
Koson tumani "Esaboy" mahallasida 610 ta xonadon bor. Ularning 580 tasi, ya'ni 90 foizi sabzavotchilik bilan shug'ullanadi.
Misol uchun, hovlisidagi tomorqada 10 sotix maydonga issiqxona tashkil qilib, pomidor yetishtirayotgan Elyor To'lqinov va uning rafiqasi Nargiza Barnoyeva tez orada mahsulotlarini bozorlarga olib chiqadi.
Bu oila 6 yildan buyon tomorqasidan yaxshi daromad topib, 10 ga yaqin mahalladagi xotin-qizlarini mavsumiy ish bilan band qilgan. .
Gulbahor Ravshanova esa hovlisidagi 12 sotix tomorqaga sholg'om ekdi. parvarishlash qilmoqda.
Mahalla hokim yordamchisi Ikrom Mardonovning ma’lum qilishicha hudud aholisi tomorqasiga asosan sabzi, shalg‘om, kartoshka, pomidor va bodring mahsulotlarini yetishtiradi.
Mahalla aholisi “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida har yili yurtimiz bozorlariga jami 60000 tonna sabzi yetishtirib beradi.