Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

⚽️Futbol

error

2024-04-16

G‘oliblarni qutlaymiz!

Shahrisabz KOICA o‘quv markazida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi dasturiga asosan 5 tashabbus loyihasi asosida sportning mini futbol turi bo‘yicha vazir kubogi sovrini uchun saralash musoboqasi bo‘lib o‘tdi. Musoboqaning tantanali ochilish marosimida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Q.Odinayev, Shahrisabz shahar hokimi Sh.Bo‘riyev hamda Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i v.v.b M.Amirovlar so‘zga  chiqib, jamoalarga omad tilashdi.

Ushbu musoboqada Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi jami 8 ta jamoa bellashishdi. Qiziqarli va shiddatli bo‘lib o‘tgan ushbu turnirda Shahrisabz KOICA o‘quv markazi sportchilari finalda Muborak tumani raqiblarini dog‘da  qoldirib,bandlik boshqarmasining bosh kubogi sovrinini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari ulashildi. Jamoa a’zolarini Shahrisabz shahar hokimligi va hamshaharlarimiz nomidan chin qalbdan samimiy tabriklab, may oyida o‘tkaziladigan respublika bosqichida ularga omad va zafarlar tilab qolamiz