Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Respublikamizda aholini ro'yxatga olish o'tkaziladi.

error

2022-08-05

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro'yxatga olish 

to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro'yxatga
olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy
hujjat sifatida O'zbekiston tarixidan o'rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada
qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo'q edi. Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazish
Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari
konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha asosiy tamoyillari va
tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Osiyo va
Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus`, Ukraina, Ozarbayjon,
Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya, AQSH, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari o'rganilib, qonun
loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi. Qonun beshta bob va o'ttiz bir moddadan iborat bo'lib,
unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro'yxatga olishning vazifalari va
printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, ya'ni aholini
ro'yxatga olish o'n yilda kamida bir marta o'tkazilishi hamda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish
to'g'risidagi qaror, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab
qo'yilgan. Aholini ro'yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma'lumotlar Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka
tartibda to'ldiriladi, ya'ni ro'yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir
respondent uchun alohida to'ldiriladi. Yana bir muhim printsiplardan biri, bu shaxsga doir
ma'lumotlarning maxfiyligi bo'lib, bunda aholini ro'yxatga olish jarayonida yig'ilgan shaxsga
doir ma'lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va
tarqatilmasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.