Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yo'lga qo'yiladi

error

2024-03-26

Viloyat delegatsiya a'zolari Leyptsig shahrida joylashgan Avestos kompaniyasi bosh direktori Klaus Michel ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o'tkazilib qo'shma istiqboldagi rejalar bo‘yicha muzokaralar o'tkazildi.

Muzokaralar davomida, Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis o'quv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini barpo etish loyihasi ilgari surildi.

Ushbu tashkil etilayotgan kasb-hunar maktabini asosiy maqsadi - jahon talablariga javob beradigan yosh kadrlarni tayyorlash va professional ko‘nikmalarni ulashishdan iborat. O'quv maktabida nemis tili va kasb-hunarlar jumladan, mashina sozlik, xizmat ko'rsatish va qurilish sohalarida malakaliy mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni Germaniyaga tashkiliy tarzda ishga yuborish.

Kasb-hunar maktabi faoliyati o'rganilib, tadbir yakunida ikki tomon o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.