Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-16
Qamashi tuman Prokuraturasi va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida Qamashi tumanidagi tegishli korxona, tashkilotlar bilan ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ishga joylashishiga ko‘maklashish va o‘z bizneslarini ochishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanning 2-sektori O‘zbekiston MFY xududida 2022 yil 16-iyul kuni bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasiga ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va xotin qizlar va boshqalar taklif etildilar.
2022 yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga tumandagi 63 dan oshiq korxona, tashkilot, muassasa, hunarmandlar va tadbirkorlar qatnashdi. Tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi 447 ta bo‘sh ish o‘rinlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2017 yildagi 799-sonli qarori asosida mavsumiy vaqtinchalik ishlar va kasbga qayta o‘qishlar tavsiya etildi. Xususan, Tibbiyot birlashmasida 15 ta, Qishloq xo‘jalik bo‘limida 3 ta, 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi 7 ta, 23-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi 8 ta, Qamashi tumanidagi Davlat O‘rmon xo‘jaligida 8 ta, Qamashi yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida 2 ta, Suv iste'molchilar uyushmasida 1 ta va Halq ta'limi tizimidagi maktablarda 100 dan oshiq bo‘sh ish o‘rinlari namoyish etildi.
16-iyul kuni bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga 130 dan oshiq ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashdilar. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga qatnashgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashishda birinchi navbatda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga olingan ayollarning bandligiga ko‘maklashish alohida e'tiborga olindi va tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan “Imonaxon Faxriddinovna” oilaviy korxonasiga “Ayollar daftari ro‘yxatiga olingan 60 nafar xotin-qizlarni kasanachilik usulida “Besirchilik” yo‘nalishida biriktirilib, korxona va fuqarolar o‘rtasida fuqarolik-huquqiy shartnomalari tuzilib bandligi ta'minlanishiga ko‘maklashildi.