Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Shahrisabz shahrida mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2022-07-21

Shahrisabz shahar IIB 3- sektor tashabbusi bilan boʼlib oʼtgan Mehnat bozori yarmarkasida Boʼsh ish oʼrinlari mavjud boʼlgan ish beruvchi 12 ta korxona jami 148 ta boʼsh ish oʼrinlariga ish kuchi talabi bilan qatnashdi. 


 Yarmarkada qatnashgan 126 nafar fuqarodan 76 nafar xotin qizlar, 64 nafar yoshlar ishtirok etdi. Jami Mehnat bozori yarmarkasida Shaxrisabz shahardagi bush ish oʼrinlari bilan qatnashgan ish beruvchi korxona va tashkilotlardan Mebel fabrikasiga 50 nafar, “Oq saroy tekstel” MChJga 4 nafar, Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga 4 nafar, Shahrisabz shahar tarixiy qismini saqlash va obodonlashtirish departamentiga 6 nafar, “BI SAY” MChJga 23 nafar ishsiz boʼlgan fuqarolar qiziqish bildirib ish tartibi, oylik ish haqlari, ishga qatnash qulayliklari toʼgʼrisida oʼzlariga tegishli maslaxatlarni olishdi va ish joyida borib ishlash xoxishi boʼlganda Shaxrisabz shahar АBKMda murojaat qilishligini bildirishdi.


 Qolgan 39 nafar turli kasb egalari tashkilot va korxonalardan tashrif byurgan maʼsul xodimlari bilan soʼhbatlashib ulardan ish tartibi, oylik ish haqlari, ishga qatnash qulayliklari toʼgʼrisida oʼzlariga tegishli maslaxatlarni olishdi. 

 Korxona va tashkilotlarning talabiga koʼra ishlash xoxishini bildirgan ishsiz fuqarolardan 26 nafariga doimiy ishlash uchun, turli vazifalarga Shahrisabz shahar АBKM yoʼllanmasi berildi.