Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-15
Ko'kdala tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarkada tumandagi 20 ta tashkilot va korxonalar o‘zining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada asosan 200 nafardan ortiq OTM, texnikum va maktab bitiruvchi yoshlari qatnashib, shundan 35 nafar bitiruvchilar doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi.
Kasb-hunarga qiziqishi bo‘lgan 54 nafar bitiruvchilarga "Qarshi ishga marhamat" monomarkazi hamda Shahrisabz shahridagi Ishsizlarni kasb-hunarga o'qitish markaziga (KOIKA) kasb o'rganishlari uchun yo'llanmalar berildi.
Shu jumladan, 15 nafar "Ayollar daftari", "Temir daftar" dagi ishsiz xotin-qizlarga hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.