Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-15
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi rahbarligida Qashqadaryo viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida "2023 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili va aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash" yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda Korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik hamda ushbu illatni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.