Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-11
Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov davlatimiz rahbarining joriy yil 28-iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bu borada beshlik va mahalla faollarining mas'uliyatini oshirish, kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar qo‘yib, bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda uchrashuv va muloqotlar o‘tkazmoqda.
Navbatdagi manzil Qarshi shahri mahallalari bo‘ldi. Mahalla faollari bilan uchrashgan viloyat hokimi "Mahalla "beshligi" doim uyg‘oq bo‘lishi kerak", deya ta'kidladi.
- Bu gap bilan tun-u kun uxlamasdan mahallada aylanib yurasan, degani emas, balki, vijdoni uyg‘oq, ko‘zi to‘q bo‘lishi kerak, - dedi viloyat hokimi. - Mahalla "beshligi" birdam bo‘lsa, har qanday vaziyatdan xabardor bo‘ladi, turli noxushliklarni, jinoyatlarni oldi olinadi.