Kasbi tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan 2022 yil 15 iyulь kuni tumandagi 1-sektorga qarashli boʼlgan “Denov”, “Bogʼariq”, “Oqtepa”, “Talliyulgʼun” mahalla fuqarolar yigʼinlari boʼyicha oliy oʼkuv yurtlari, oʼrta maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, Qurolli kuchlar safidan boʼshatilganlar, vaqtincha ishsiz fuqarolarni, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni hamda mehnatga layokatli yoshlarni kasb va malakalarini oshirish va bandligini taʼminlash maqsadida Kasbi suv xoʼjaligi va melioratsiya kollejida boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtdi.
Bundan tashqari markazning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʼyicha mutaxassisi tomonidan xorijda ishlash istagi boʼlgan fuqarolarimizga qonuniy mehnat faoliyatlarini yuritishlari uchun mehnat shartnomasi asosida Germaniya, Rossiya, Yaponiya va Latviya davlatlarida tanlov asosida ishga yuborish xususida yoʼnalish va tushuntirishlar berib oʼtildi.