Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Nishonda yana bir yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

error

2023-09-05

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi "Janub Mash'ali" mahallasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 


Ushbu binoning rasmiy ochilish marosimida Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi raisi Dilshod Usmonov, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi "Obod va xavfsiz mahalla" shu'basi mudiri Qiyom Sirojev , Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov, mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAVlari ishtirok etdi. 


Ma'lumot o‘rnida, "Janub Mash'ali" mahallasi binosi "BZASh" xususiy korxonasi tomonidan qurildi. Loyiha qiymati 350 million so‘mni tashkil etadi.