Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Nishonda Xitoy korxonasi 7 ta yo'nalishda ishchi qabul qilish uchun suhbat o'tkazdi

error

2023-08-31

Bugun, 25 avgust kuni "Nuriston" shaharchasidagi "Amir Temur" madaniyat saroyida Xitoyning "TENG DA GONG CHENG FUWU GONGSI" MChJ korxonasi Nishon tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlariga ishchi qabul qilish uchun suhbat o'tkazdi. 

Unda, xitoylik korxona 7 ta yo'nalishda ya'ni elektr payvandchi, elektr montyor, yuk ko'taruvchi, po'lat bilan ishlovchi, g'isht quyuvchi, duradgor, haydovchi yo'nalishida ishlash istagida bo'lgan talabgorlar bilan suhbat olib bordi. 


Shu o'rinda, "Teng Da Gong Cheng Fuwu Gongsi" korxonsida ishlash istagida bo'lgan 513 nafar fuqarodan korxona talablariga mos bo'lgan 245 nafar talabgorning hujjatlarini olib qoldi.