Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-31
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining talabiga binoan, XMTning paxta, to‘qimachilik va tikuvchilik bo‘yicha dasturi mehnat inspektorlari uchun majburiy mehnat holatlarini aniqlash va tergov qilish bo'yicha trening o‘tkazildi. Trening quyidagi mavzularni qamrab oldi:
• Majburiy mehnat ta'rifi va tegishli tushunchalar;
• Majburiy mehnatni aniqlash;
• Majburiy mehnat va jabrlanuvchilarni himoya qilish;
• Majburiy mehnatga qarshi kurashda shaffoflik, moliyaviy jazolar va boshqa tendentsiyalar;
• Majburiy mehnatga qarshi kurash: Braziliyadan yaxshi tajribalar.
Mehnat inspektorlarini majburiy mehnat tushunchasi va ta’rifi, jumladan, majburiy mehnat holatlarini aniqlash va tergov qilish hamda Braziliyaning majburiy mehnatga qarshi kurashish tajribasi bilan tanishtirildi.