Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mang‘itda aholi bandligi taʼminlanmoqda

error

2023-08-24

Qamashi tumani Mang'it mahallasida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.


O'tkazilgan yarmarkada tumandagi 142 ta korxona va tashkilotlar o'zlarining 511 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.


Bo'lib o'tgan mehnat yarmarkasiga 200 nafardan ortiq ish bilan band bo'lmagan fuqarolar qatnashdilar, shundan jami 43 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlanishiga erishildi.


Yarmarkada mahallada istiqomat qiluvchi sertifikatga ega 15 nafar xotin-qizlarga o'zini-o‘zi band qilib, daromad topishlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratildi.


Shuningdek, 4 ta mototransport va 1 ta motokultivator imtiyozli kredit asosida fuqarolarga topshirildi.


Tadbir so'ngida "Obod xonadon", " Obod ko‘cha",  "Obod mahalla" dasturi doirasida Mang‘it MFY mahalla bog'i yaratilishida, Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari Rustam G’afurov tomonidan ham daraxt ko’chati o’tqazildi.