Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-19
Bugun viloyat hokimligi qabulxonasida viloyat hokimligi guruh rahbari F.Xo'shmurodov boshchiligida tadbirkorlar va fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Qabulda 92 nafar fuqarolar subsidiya, kredit, kadastr, tibbiyot, ishga joylashish va boshqa masalalarga oid murojaatlar bilan yuzlanishdi.
Fuqarolar qabulida Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari joyida hal qilinishiga erishildi.
Bundan tashqari fuqarolarning muammolari atroflicha ko'rib chiqilib, vaqt talab etadigan murojaatlar joyida borib o'rganilishi va yechim topilishi kelishib olindi.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing