Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kitob tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida yana 100 dan ortiq yoshlarimiz ishga qabul qilindi

error

2023-08-17

Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish  bo'limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida "Bo'sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Unda tumanning mavjud 97 ta umumta‘lim maktablari o'zlarining 215 ta vakant o'rinlari bilan ishtirok etishdi. Jarayonlarda tuman hokimi Uktam Pardayev boshchiligidagi sektor rahbarlari qatnashib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh kadrlar hamda maktab direktorlari bilan muloqot qildi va ularning bugungi tadbir bo‘yicha fikrlari bilan yaqindan tanishdi.


📌Etiborli jihati, shu kuni 135 nafar OTM tugatgan yoshlarimiz ta'lim muassasalariga o'z sohalari va yo'nalishlari bo‘yicha ishga qabul qilinib, ular bilan mehnat shartnomalari imzolandi.