Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Boʼston mahalla fuqarolar yigʼiniga qarashli boʼsh turgan binodan samarali foydalanilmoqda

error

2023-08-17

Qarshi shahri Boʼston mahalla fuqarolar yigʼiniga qarashli, ancha yillardan buyon boʼsh turgan binolardan samarali foydalanish maqsadida 3 ta xona Feruz Samadovga berilib, bu yerda mahalladagi hokim yordamchisi Jamshid Abduazizov koʼmagi bilan ajratilgan 33 mln. soʼm imtiyozli bank krediti hamda tadbirkorning oʼz mablagʼi hisobidan mebel ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.


Аyni paytda bu yerda yumshoq mebellar ishlab chiqarilib, mahalladagi 4 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.


Binodagi xonalardan birida Botir Аlmardonov tomonidan 12 mln. soʼm imtiyozli kredit mablagʼi hisobiga zamonaviy sartaroshxona tashkil qilinib, 2 ta yangi ish oʼrni yaratildi.