Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-14
Qamashi tumanining Mang'it mahallasida mahalla idorasi yo'qligi sababli yangi mahalla binosi qurilishi davom etmoqda.
Mahalladagi ichki ko'chalarning 10 kmda tuproq yo'llar shag‘allashtirilmoqda, 3 km masofadagi yo‘llarda esa asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
O‘rganish natijalariga ko'ra, mahallada yaroqsiz simyog‘ochlar temir-beton ustunlarga almashtirilmoqda. 151 dona temir-beton ustunlar va 8,5 kilometr masofalik elektr tarmoqlar yangilanmoqda.
Aholini tabiiy gaz bilan ta'minlash maqsadida jami 29,9 km masofaga gaz tarmog'i tortilgan bo‘lib, shundan
-1,8 km uzunlikdagi tarmoqni almashtirish, mavjud 17 ta GRP va 7,3 km gaz tarmog'ini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
857 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 35 km suv tarmog'i tortilmoqda.