Yangiliklar
Yangiliklar
2022-04-29
2022 yilning 28 aprel kuni Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Mamatov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi O.Hazratqulov hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Qarshi shahar bo‘linmasi raisi Sh.Yuldoshevlar vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Abdilaziz Mamatov “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyati haqida talabalarga ma’lumot berish bilan bir qatorda, talabalarning kelgusida korxona va tashkilotlarda ishlashi jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, seminarda so‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi O.Hazratqulov hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Qarshi shahar bo‘linmasi raisi Sh.Yuldoshevlar kasaba uyushmalarining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishdagi ahamiyati va kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi huquqlari to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga tushunchalar berishdi.
Bundan tashqari, seminarda so‘zga chiqqanlar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi, seminar ishtirokchilari seminarda bildirilgan bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.