Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mahalladagi hokim yordamchisi ko'magi bilan parrandachilik tarmog'i rivojlanmoqda

error

2023-08-14

Kitob tumanining "Beshariq" MFY da istiqomat qiluvchi Nodir Xudoyqulov parrandachilik yo'nalishda ish boshlash niyati borligi va buning uchun moddiy ko'mak zarurligi yuzasidan mahalla hokim yordamchisi Olimjon Eshmatovga murojaat qildi. Fuqaroning mazkur murojaati tezda ijobiy hal etilib, unga imtiyozli kredit ajratildi. Qisqa vaqt ichida 5000 ming dona naslli broyler jo‘jalar olib kelinib, parvarishlana boshladi.


➖Quvonarli jihati, hali bu sohani boshlaganiga ko'p bo‘lmagan bo‘lsada,qahramonimiz mahalladoshlariga ham parrandachilik borasidagi tajrilarini o‘rtoqlashmoqda. Uning yaqin kelajakdagi rejalari hududda kooperatsiya usulida xonadonlarga jo`jalar tarqatib, ulardan tayyor mahsulotni qabul qilishdan iboratdir.