Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🔰Tadbirkorlikni yo'lga qo'yishda xotin-qizlarga 33 mln so'mgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:

error

2023-08-11

▫️oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

▫️chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

▫️bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo'jaligi texnikasini olish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.


💰Ayollarga 5 mln so'mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.


📝 “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:


🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlar;

🔹uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandlari bor xotin-qizlar.