Yangiliklar
Yangiliklar
2023-05-23
"Oydin"liklar uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazildi
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan Nishon tumani "Oydin" MFY da mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda tumandagi 37 ta tashkilot va korxonalar 476 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 219 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etib, jami 12 nafar fuqarolar bandligi ta'minlandi.
Shu bilan bir qatorda VM-411-sonli (https://lex.uz/docs/5485696) qarorga asosan 1 nafar nogironligi bo'lgan fuqaro N.Almirzayevaga nogironlik aravachasi berildi. VM-693-sonli (https://lex.uz/docs/-5735396) qarorga asosan 2 nafar nafaqadagi fuqarolarga sanatoriyaga dam olishi uchun o'sha yerning o'zidayoq yo'llanmalar topshirildi. 2 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o'qishi uchun Shahrisabz shahrida joylashgan KOIKA o'quv markaziga yo'llanmalar berildi.