Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Salohiyatli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar malaka oshirish, rahbarlik ko’nikmalariniga o’rganish maqsadida o’z malakalarini oshirmoqdalar.

error

2023-03-01

Salohiyatli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar malaka oshirish, rahbarlik ko’nikmalariniga o’rganish maqsadida o’z malakalarini oshirmoqdalar.


2022 yilning 4 avgust kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida berilgan koʼrsatmaga muvofiq, respublika boʼylab mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan ming nafar nomzodlar "Salohiyatli kadrlar zaxirasi"ga saralab olingan edi.
🔻Salohiyatli kadrlar zaxirasiga olingan nomzodlar bilan bevosita Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishtirokida,

shaxsiy rivojlanish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

masofaviy taʼlim platformasi orqali onlayn malaka oshirish;

vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda amaliyot (stajyorlik) oʼtash kabi reja-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan



 
Nomzodlarning malaka oshirish natijalariga koʼra, ularning reytingi shakllantirilib, nomzodlarning mehnat faoliyatini ijobiy natijalarini hisobga olgan holda kelgusida ularni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib borish koʼzda tutilgan.

 
🔰Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyati boʼyicha saralab olingan 65 nafar hokim yordamchilari, 17 nafar yoshlar yetakchilari hamda 4 nafar xotin-qizlar faollarini vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida va mahalliy hokimliklarda amaliyot (stajyorlik) oʼtashlarini tashkillashtirish maqsadida viloyat hokimining 2023 yil 31 yanvardagi tegishli farmoyishi qabul qilindi.

 
Mazkur farmoyishga asosan  Kasbi tumani "XO’JA KASBI" MFY tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi F.Sh. Salomov belgilangan grafikka muvofiq Viloyat Kambag’allikni qisqartirish ba bandlik bosh boshqarmasida stajyorlik amaliyotini oʼtamoqda.