Xitoylik hamkorlar bilan qisqa davra suhbati bo'lib o'tdi.
2022-01-24
Qashqadaryo
viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosida “Qarshi Conch Cement” MCHJ XK va
Bandlik boshqarmasi o’rtasida qisqa davra suhbati bo’lib o’tdi.
Suhbat
davomida “Qarshi Conch Cement” MCHJ XK rahbaryati korxona tashkil topgandan
buyon Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan mehnat
qonunchiligi bo’yicha berayotgan yordamlar uchun o’z minnatdorchiligini
bildirib o’tdi. 2022-yil davomida bironta mehnat qonunchiligi buzilmaganligi va
ishda baxtsiz hodisa bo’lmaganligi ta’kidlab o’tildi.
O’z o’rnida
Bandlik bosh boshqarmasi rahbaryati ham Xitoylik hamkorlarimizga 2022-yil
davomida 75 nafar ishchini yo’llanma orqali ishga olganliklari, yaratilayotgan
yangi ish o’rinlari va mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda ishlagan
namunali ish beruvchiga minnatdirchilik belgisi sifatida tashakkurnoma
topshirishdi.
Suhbat
yakunida ikkala tomon yangi rejalar, yaratiladigan ish o’rinlari va keng
hamkorlik bo’yicha kelishib olishdi.