Yangiliklar
Yangiliklar
2026-05-20
“Yurt qayg‘usida 365 kun”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomidagi serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam — “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr qilindi.
💬 Nashr yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni muayyan xronologik ketma-ketlik asosida yoritadi. Kitob oylar kesimida tartiblangan bo‘lib, har bir oy avvalida Prezident faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qisqacha jamlangan. Shundan so‘ng muhim voqealar, tashriflar, uchrashuvlar, videoselektor yig‘ilishlari, xalqaro muzokaralar, imzolangan hujjatlar, tashabbus va loyihalar alohida bo‘limlar kesimida batafsil sharhlangan.