Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-15
Hafta mavzusi: Ayollar mehnatini muhofaza qilish
🔔Mehnat kodeksining 393-moddasiga (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6266422) ko‘ra, ayollar mehnatini muhofaza qilish maqsadida qo‘shimcha huquqiy kafolatlar belgilangan.
Mazkur moddaga muvofiq:
🔺 ish beruvchi kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ayollar mehnati cheklanadigan noqulay ishlar ro‘yxatini belgilashi mumkin;
🗣 ayollarga belgilangan me'yordan ortiq og‘ir yuk ko‘tarish va tashish taqiqlanadi;
🗣 ruxsat etilgan eng ko‘p yuklama normalari vakolatli vazirliklar tomonidan belgilanadi.
✅ Ushbu normalar ayollar salomatligi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlashga qaratilgan.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing